Jahon | 20:30 / 10.04.2019
3972
1 daqiqa o‘qiladi
Yevropa Ittifoqi Eronga qarshi sanksiyalar muddatini uzaytirdi
Yevropa Ittifoqi Eronning ba'zi fuqarolari va kompaniyalariga qarshi 2020 yil 13 aprelgacha sanksiyalar uzaytirilishini e'lon qildi. YeI buni Erondagi inson huquqlari buzilishi bilan bog‘lamoqda.
YeI bayonotiga ko‘ra, sanksiyalar bir qator eronliklarning Yevropa Ittifoqi hududiga kirishini taqiqlash va ularning moliyaviy aktivlari muzlatilishini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, sanksiyalarda Eronga “ichki qatag‘onlarda qo‘llanishi mumkin bo‘ladigan” va telekommunikatsiyani monitoring qilish uskunalarining yetkazilishini taqiqlash nazarda tutilgan.
Bunday choralar Eronga nisbatan 2011 yilda kiritilgan va har yili uzaytirib kelinadi.
Mavzuga oid
00:29
Britaniya armiyasining sobiq askari Eron foydasiga josuslik qilganlikda aybdor deb topildi
20:41 / 28.11.2024
Gurjiston hukumati 2028 yil oxirigacha YeIga qo‘shilish bo‘yicha muzokara o‘tkazmasligini bildirdi
12:01 / 27.11.2024
Yevropa Ittifoqida velosiped ishlab chiqarish hajmi kamayib bormoqda
15:45 / 25.11.2024