Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda AES quriladigan maydon bir oy ichida aniq bo‘ladi
O‘zbekiston mamlakatdagi birinchi AES qurilishi uchun salohiyatli maydonni bir oy ichida aniqlaydi. Bu haqda Sochida bo‘lib o‘tayotgan «Atomekspo» xalqaro forumida «O‘zatom» bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir nechta salohiyatli maydonlarda barcha dala ishlari yakuniga yetgan. hozirda ekspertlar olingan ma'lumotlarni tahlil qilishmoqda.
«Tayyorlangan hisobotlar «Rosatom» davlat korporatsiyasidagi hamkorlarimiz tomonidan o‘rganilmoqda. Buning asosida bo‘lajak AES texnik loyihasi bo‘yicha ma'lum bir maydonda injyenerlik ishlari boshlanadi», – dedi Mirzamahmudov.
«Barcha ma'lumotlar asosida o‘rnatilgan tartibda ekspertiza hamda jamoatchilik tinglovlaridan o‘tadigan uning atrof-muhitga ta'siri baholanadi», – deb qo‘shib qo‘ydi u.
Eslatib o‘tamiz, «Rosatom» davlat korporatsiyasi bilan O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. AES har birining quvvati 1200 MVt bo‘lgan ikkita energoblokdan iborat bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
16:12 / 05.06.2026
AESda ishlab chiqarilgan 1 kWh elektr narxi 1000 so‘mdan past bo‘ladi - Azim Ahmadxo‘jayev
10:59 / 05.06.2026
O‘zbekistonda quriladigan AES qiymati 9,5 milliard dollardan oshmaydi - "O‘zatom" direktori
08:19 / 05.06.2026