Davlat soliq qo‘mitasi «qullar mehnati»dan foydalanish to‘g‘risidagi xabarga izoh berdi
Davlat soliq qo‘mitasi «qullar mehnati»dan foydalanish to‘g‘risidagi xabarni izohladi.
Avvalroq internetda respublika soliq organlari xodimlarining «og‘ir» mehnat sharoiti haqida xabarlar tarqalgandi. Ularda aytilishicha, xodimlar belgilangan ish vaqtidan ortiq va dam olish kunlarisiz ishlamoqda.
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Normat Tursunovning so‘zlariga ko‘ra, «bu mish-mishlar asossizdir».
«Xodimlarning ish vaqti qat'iy belgilangan. Mish-mishlarda aytilgan ertalab oltidan boshlanadigan majlislarga keladigan bo‘lsak, bu ham yolg‘on. Biz uzoq yig‘ilishlar amaliyotidan amalda voz kechganmiz, bunday ertalabki vaqtda esa hech qachon yig‘ilish bo‘lmagan. Bizning ishimiz uzoq muhokama va yig‘ilishlarni emas, tezkorlik va ishga e'tiborlilikni talab qiladi», - dedi u.
U ayrim xodimlar dam olish kunlari ham ishga jalb qilinishi holatlari bo‘lib turishini qayd etdi.
«Ammo bunda mehnat qonunchiligiga rioya qilinadi – bunday kunda ishlaganlik uchun nizomga muvofiq ikki baravar haq to‘lanadi yoki xodim o‘z ixtiyoriga ko‘ra dam olish kunini olishi mumkin. Xodimlar huquqiga rioya qilinishi kasaba uyushmasi tomonidan nazorat qilinadi», - dedi Tursunov.
Mavzuga oid
17:08 / 10.09.2024
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori 34 mln so‘m jarimaga tortildi
21:59 / 27.08.2024
«Tashabbusli budjet»da ovoz yig‘ishga majburlash holatlari yuzasidan 39 ta shikoyat tushdi
15:20 / 26.08.2024
Buxoroda maktab o‘qituvchilari “Tashabbusli budjet”ga ovoz yig‘ishga majburlanyapti
23:30 / 14.08.2024