Jahon | 17:37 / 10.05.2019
11920
1 daqiqa o‘qiladi

Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

Foto: AP

Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazish niyatida emas, deb ma'lum qildi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni o‘rinbosari Yadulla Javoniy Tasnim agentligiga.

"Amerikaliklar harbiy bosim yordamida Tehronni muzokara stoliga tortmoqchi, ammo biz Vashington bilan muzokara o‘tkazmaymiz va amerikaliklar bizga qarshi harbiy harakat o‘tkazishga jazm qila olishmaydi", - deya iqtibos keltiradi agentlik uning so‘zlaridan.

U shuningdek, AQSh prezidenti Donald Trampning sanksiyalar yordamida Eronni muzokaralarga majburlashga urinishi ham muvaffaqiyatsiz bo‘lishini aytdi.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo prezident Donald Tramp kelishuvga erishish uchun Eron yetakchilari bilan uchrashmoqchi ekanligini ma'lum qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid