Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin chiqindilar sababli Kanadadan elchi va konsullarini chaqirib oldi
Filippin 2013 yilda ushbu mamlakat hududiga Kanadadan olib kelingan o‘nlab tonna chiqindi aytilgan vaqtda olib chiqib ketilmaganligi sababli Kanadadagi elchi va konsullarini chaqirib oldi. Bu haqda Channel NewsAsia telekanali xabar qildi.
O‘tgan haftada hukumat Kanada Filippin hududiga Kanada kompaniyalari tomonidan noqonuniy olib kelingan 70ga yaqin chiqindi to‘la konteynerni olib chiqib ketishga rozi bo‘lganini ma'lum qilgandi. Ammo Ottava haligacha chiqindilarni olib chiqib ketmagan.
Filippin tashqi ishlar vaziri Teodoro Loksinning ma'lum qilishicha, mamlakatning Kanadadagi elchi va konsullari Filippinga ertaga qaytib kelishadi.
Loksinning so‘zlariga ko‘ra, Manila chiqindilarni 15 maygacha olib chiqib ketish shartini qo‘ygandi.
Avvalroq Filippin prezidenti Rodrigo Duterte "mamlakatini chiqindixonaga aylantirib yuborgan" Kanadaga qarshi "urush e'lon qilish" bilan tahdid qilgandi.
Mavzuga oid
09:05 / 20.06.2026
O‘zbekistonda xavfli chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026