Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin prezidenti chiqindi tufayli Kanadaga "urush" bilan tahdid qildi
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte "mamlakatini chiqindixonaga aylantirib yuborgan" Kanadaga qarshi "urush e'lon qilish" bilan tahdid qildi, deb xabar berdi Rappler portali.
Xabarda aytilishicha, xususiy importyorlar tomonidan Filippin hududiga Kanadadan tonnalab chiqindi keltiriladi. Ekologlarning noroziliklariga qaramasdan, Kanada hukumati chiqindilarni qaytarib olishni rad etdi.
"Men Kanadani ogohlantiraman, yaxshisi ular chiqindini kelgusi haftada olib chiqib ketishsin yoki Kanada tomon suzib boraman va chiqindilarini o‘zlariga uloqtiraman", - dedi Duterte. "Ularga urush e'lon qilaman. Bu chiqindilarni rostdan ham qaytaraman. Ko‘rasizlar", - deb qo‘shib qo‘ydi Filippin prezidenti.
Portalning xabar berishicha, Duterte yuk mashinalari Kanadaning Makati shahridagi elchixonasi yaqiniga chiqindi to‘kib ketishini buyurgan. Shuningdek, u mamlakatga Kanada chiqindilari kirishiga yo‘l qo‘ygan bojxona xodimlarini bo‘shatishini aytgan.
Mavzuga oid
11:05 / 07.07.2026
Kanada Germaniyadan 12 ta zamonaviy suvosti kemasini sotib oladi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
10:30 / 04.07.2026
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
11:19 / 29.06.2026