Jahon | 18:17 / 11.06.2019
17524
1 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy 15 nafar gubernatorni ishdan bo‘shatdi

Foto: RIA Novosti

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15ta oblast ma'muriyati rahbarini iste'foga chiqardi. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» xabar berdi.

Prezident ma'muriyati rahbarining o‘rinbosari Ruslan Ryaboshapkaning so‘zlariga ko‘ra, Chernigov, Xmelnitskiy, Xerson, Ternopol, Sum, Poltava, Odessa, Nikolayev, Lvov, Kirovograd, Kiyev, Ivano-Frankovsk, Zaporoj, Zakarpat va Volin oblastlari rahbarlari iste'foga chiqarilgan.

Avvalroq Zelenskiyning matbuot kotibi Yuliya Mendel prezident barcha gubernatorlarni almashtirish zarur deb hisoblayotganini ma'lum qilgandi.

5 iyun kuni Ukraina hukumati 13ta oblast rahbarini iste'foga chiqarishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid