Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15ta oblast ma'muriyati rahbarini iste'foga çiqardi. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» xabar berdi.

Prezident ma'muriyati rahbarining örinbosari Ruslan Ryaboşapkaning sözlariga köra, Çernigov, Xmelnitskiy, Xerson, Ternopol, Sum, Poltava, Odessa, Nikolayev, Lvov, Kirovograd, Kiyev, Ivano-Frankovsk, Zaporoj, Zakarpat va Volin oblastlari rahbarlari iste'foga çiqarilgan.

Avvalroq Zelenskiyning matbuot kotibi Yuliya Mendel prezident barça gubernatorlarni almaştiriş zarur deb hisoblayotganini ma'lum qilgandi.

5 iyun kuni Ukraina hukumati 13ta oblast rahbarini iste'foga çiqarişni rejalaştirayotgani xabar qilingandi.