Kiyev Ukraina şarqida Rossiya tomonidan bosib olingan hududlardan voz keçiş niyatida emas, çunki buni mamlakat Konstitutsiyasi taqiqlaydi. Hozirça faqat töqnaşuv çiziğini belgilaş haqida gapiriş mumkin, dedi Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak The Atlantic naşriga bergan intervyusida. Mazkur suhbat payşanba, 27 noyabr kuni e’lon qilindi.
«Şu kunlarda biror aqlli odam hududdan voz keçiş haqida hujjatni imzolamaydi», — deya Yermakning sözlarini keltiradi naşr. Uning ta’kidlaşiça, Volodimir Zelenskiy Ukraina prezidenti bölib turgan ekan, Kiyev Rossiyaga okkupatsiya qilingan hududlarni berişiga «heç kim umid qilmasligi» kerak. «Konstitutsiya bunga yöl qöymaydi. Ukraina Konstitutsiyasiga va Ukraina xalqining irodasiga qarşi çiqmoqçi bölmagan har qanday şaxs bunday qaror qabul qila olmaydi», — deb ta’kidladi u.
Yermakning aytişiça, agar “hududiy masala” haqida gapiradigan bölsa, Ukraina faqat uruş qilayotgan tomonlar nazoratida bölgan hududlarning çegarasini belgilaydigan çiziq qayerdan ötişi kerakligi yuzasidan mulohaza qilişga tayyor. «Hozir real ravişda gapira oladigan yagona narsa — bu töqnaşuv çiziğini belgilaş. Biz qilişimiz kerak bölgan iş şu», — dedi u.
Xuddi şu kuni Yermak özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida AQŞ va Ukraina delegatsiyalari hafta oxirida Jyenevada boşlangan şu atalmiş “Tramp rejasi”ni muhokama etişni davom ettirişini ma’lum qildi. Buni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham 27 noyabr keçqurun e’lon qilingan navbatdagi videomurojaatida tasdiqladi. Şu bilan birga, Zelenskiy ta’kidlaşiça, Ukraina uçun eng muhimi — Ukraina Qurolli Kuçlari pozitsiyalarini himoya qiliş va oldingi çiziqda qarşilik körsatişdir.
The Atlantic jurnalisti Saymon Şuster yozişiça, Yermak birinçi marta oçiq aytgan uşbu pozitsiya Ukraina delegatsiyasining keyingi muzokaralarda kelişuvga erişiş imkoniyatlarini keskin çeklab qöyadi.
Şu vaqtga qadar Moskva Kiyevdan Ukraina Qurolli Kuçlari töliq bosib olinmagan Donbass qismidan ham çiqib ketişini talab qilişdan voz keçişga tayyorligini namoyon etmagan edi. Rossiya qöşinlari töliq bosib ololmagan hududdan ukrain armiyasi ketişi haqidagi uşbu talablarni Vladimir Putin 27 noyabr kuni yana takrorladi. «Ukraina qöşinlari ular egallab turgan hududlardan çiqib ketsin — ana şunda uruş harakatlari töxtaydi. Agar çiqmasa — biz buni qurolli yöl bilan amalga oşirişga erişamiz», — dedi RF prezidenti Qirğizistonga qilgan taşrifi davomida ötkazilgan matbuot anjumanida.
Şu bilan birga, Putin dekabr boşida Moskvaga AQŞ delegatsiyasi kelişini, u yerda “Tramp rejasi”ning yangidan tahrirlangan versiyasini Rossiya tomoniga taqdim etişini tasdiqladi. Rossiya vakillari esa oldinroq mazkur hujjat asosida Kiyevga maksimalistik talablar qöyilganini, şu bois unga har qanday özgarişlarni qabul qilmasligini aytgan edi.














