Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bahslarga sabab bölayotgan “Drujba” neft quvuri işi qayta tiklanişigaça yana bir neça hafta vaqt ötişi mumkinligini bildirdi. «Mavjud ma’lumotlarga köra, bu quvurni yana bir — bir yarim oy içida işga tuşiriş mumkin», — dedi u 5 mart, payşanba kuni. Şu bilan birga, Zelenskiy şaxsan özi bu quvurni tiklamaslikni afzal körişini tuşuntirdi.

Bu neft quvuri Rossiya neftini Vengriya va Slovakiyaga yetkazib beradi. Ukraina tomoni ma’lumotlariga köra, u yanvar oyida Rossiya zarbasi natijasida şikastlangan va vaqtinça işdan çiqqan. Vengriya va Slovakiya Zelenskiyni ta’mirlaşni ataylab çözayotganlikda ayblamoqda. Bu bahs ikki mamlakatning Kiyev bilan munosabatlarida jiddiy taranglikka olib keldi.

Zelenskiy quvur işini qayta tiklaş, ehtimol, Kiyev uçun ajratilişi kerak bölgan 90 milliard yevro miqdoridagi Yevropa Ittifoqi kreditini blokdan çiqariş uçun zarurligini tan oldi. Bu kreditga Vengriya veto qöygan. Vengriya boş vaziri Viktor Orban “Drujba” orqali neft yetkazib beriş töxtaganini vaj qilib, ham uşbu kreditni, ham Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar paketini tösib turibdi. Har ikki qarorni ham Rossiyaning Ukrainaga hujumi tört yilligi arafasida — fevral oyi oxirigaça qabul qiliş rejalaştirilgan edi.

Şikastlangan neft quvuri atrofidagi bahsda Orban Ukrainaga öz inspeksion missiyasini yuboriş niyatida. Öng populist boş vazirning tegişli qarori 5 martga ötar keçasi Vengriya rasmiy axborotnomasida e’lon qilindi. Missiyaga energetika vaziri örinbosari rahbarlik qilişi kerak, uning tarkibiga Vengriyaning MOL neft konserni vakili ham kiradi.

Quvur şikastlanganiga qaramay, hozirça Vengriya va Slovakiyaning neft ta’minoti xavf ostida emas. Yevropa komissiyasi ma’lumotlariga köra, har ikki mamlakat taxminan uç oylik neft zaxirasiga ega. Bundan taşqari, Xorvatiya boşqarayotgan Adriatika neft quvuri orqali muqobil yetkazib beriş ham mumkin, ammo bu Rossiya neftiga nisbatan qimmatroqqa tuşadi. Eron bilan uruş esa neft narxlarining yanada oşişiga qöşimça turtki bermoqda.