Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Maduroni javobgarlikka tortish niyatida emasligini bildirdi
Amerika ma'muriyati Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni javobgarlikka tortish yoki sudga berish niyatida emas. Bu haqda AQShning Venesuela bo‘yicha maxsus vakili Elliott Abrams ma'lum qildi.
"Qo‘shma Shtatlar Nikolas Maduroni javobgarlikka tortishga urinmayapti. Biz unga muhim hissa qo‘shishga qodirligini, ya'ni mamlakatga oldinga siljishga, chetga chiqib, mamlakatning demokratiyaga qaytishi, o‘z iqtisodiyotini tiklashga imkon berishi mumkinligini bildirishga urinyapmiz", dedi u.
Abrams shu bilan birga, Vashington Karakasda vaqtinchalik hukumat tuziladigan bo‘lsa, Maduro uning tarkibida bo‘lishini istamasligini aytdi.