Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshda 14 kishi yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi
Bangladeshning oltita rayonida yashin urishi oqibatida o‘n to‘rt kishi halok bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Dhaka Tribune gazetasi.
Pabna okrugida dalada ishlayotgan to‘rt kishi, jumladan, bir ota va uning ikki o‘g‘li halok bo‘lgan.
Maymensingx okrugida baliq ovlayotgan yigitni chaqmoq urib halok qilgan, ukasi esa jarohatlangan. Ushbu okrugda yashovchi yana ikki kishi ham yashin urishi natijasida halok bo‘lgan.
Chuadanga okrugida mashinaga banan ortayotgan uch kishini chaqmoq urib halok qilgan bo‘lsa, yana ikki kishi Sunamganj okrugida tabiiy ofat zarbasiga duch kelgan. Ularni kasalxonaga olib kelishgan, ammo bu vaqtda ular hayotdan ko‘z yumgan bo‘lgan.
Netrakona okrugida mol boqayotgan fermer, Rajshaxi shahrida esa dalada ishlayotgan dehqon yashin qurboniga aylangan.
UNB agentligining ma'lumot berishicha, shu yilning may oyidan iyuniga qadar yashin urishi oqibatida 126 kishi halok bo‘lgan, 53 kishi jabrlangan.
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
07:35 / 17.02.2026
Xarita: Yer yuzida yashin eng ko‘p kuzatiladigan hududlar
14:33 / 14.02.2026
Yashin tushdimi yoki AI mahsuli? Hokimlik O‘zgidromet xabarini rad etdi
13:18 / 01.12.2025