Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huawei AQShdagi yuzga yaqin xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda
Xitoyning Huawei korporatsiyasi AQShdagi Futurewei Technologies, tadqiqotlar bo‘linmasidagi xodimlari sonini qisqartirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi The Wall Street Journal.
Gazeta suhbatdoshlarining aytishlaricha, ishdan bo‘shaydigan xodimlar soni yuz nafarga yetishi mumkin. Shu bilan birga, kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan xodimlarga uylariga qaytish va korporatsiyadagi ishini davom ettirish taklif qilinadi.
Nashrning ma'lumot berishicha, Texas, Kaliforniya va Vashingtondagi Huawei laboratoriyalarida 850ga yaqin mutaxassis ishlaydi.
Huawei korporatsiyasi mazkur xabarga hozircha izoh bermadi.
Mavzuga oid
10:20
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026