Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Filippindagi elchisi OTB prezidenti bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasining Filippin Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Baxtiyor Saidov (qarorgohi Pekinda) Osiyo taraqqiyot bankining Manila shahridagi qarorgohida ushbu bank prezidenti T.Nakao bilan uchrashdi.
Bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida T.Nakao O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlikning darajasi yuqori ekanligini qayd etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuskorligidagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishida 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan yangi Mamlakat hamkorlik strategiyasi (MHS) doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishdan mushtarak manfaatdorlikning mavjud ekanligi ta'kidlandi.
Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki rahbari bilan suhbat chog‘ida Markaziy Osiyodagi ustuvor transport-kommunikatsiya loyihalarini ilgari surish masalalari ham muhokama etildi. Shu o‘rinda “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lining qurilishi mintaqadagi barqaror rivojlanishni ta'minlashda alohida ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.
Mavzuga oid
14:25 / 26.12.2025
Prezident: tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash uchun barcha choralar ko‘riladi
14:14 / 05.12.2025
Baxtiyor Saidov Venada Yohann Vadeful bilan muzokaralar o‘tkazdi
12:41 / 28.11.2025
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
14:56 / 27.11.2025