Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston kinoteatrlarida hind filmlari namoyishi taqiqlanadi
Pokiston hukumati mamlakat kinoteatrlarida hind filmlari namoyishini taqiqlash niyatida ekanligini ma'lum qildi.
"Pokiston kinoteatrlarida hech qanday hind filmlari namoyish etilmaydi", - dedi mamlakat bosh vazirining axborot siyosati va radioeshittirishlar bo‘yicha yordamchisi Firdus Ashik Avan. U hind madaniyatiga aloqador har qanday san'at taqiqlanishi ustida ish olib borilayotganini ma'lum qildi.
Islomobod Kashmir atrofidagi vaziyat sababli Pokiston va Hindiston munosabatlari keskinlashgani bois ushbu choraga qo‘l urdi.
Ushbu haftada Hindiston hukumati Jammu va Kashmir shtatining alohida maqomini bekor qildi. Bu Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashishiga olib keldi.
Kashmir – aholisining asosiy qismini musulmonlar tashkil etuvchi hudud bo‘lib, Hindiston va Pokiston o‘rtasida bahsga sabab bo‘lib keladi.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026