Jahon | 23:11 / 10.08.2019
54094
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada AES minorasi portlatildi - video

Germaniyaning Myulxaym-Kerlix shahridagi atom elektr stansiyasining sovutish inshooti portlatish yo‘li bilan buzib tashlandi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ma'lumot berilishicha, AES 1986 yilda qurilgan, ammo uning qurilishida nuqsonlar bo‘lgani uchun atigi ikki yil ishlagan.

Uni 2013 yilda buzib tashlash mo‘ljallagandi, ammo hukumat hozirga kelibgina minorani portlatish yo‘li bilan buzib tashlashga qaror qildi.

Germaniya bugungi kunda AES va IESdan «muqobil energetika»ga o‘tmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid