Jahon | 18:22 / 25.09.2019
4275
1 daqiqa o‘qiladi

Boris Jonson to‘xtatib qo‘ygan Britaniya parlamenti o‘z ishini qaytadan boshladi

Foto: DPA

Buyuk Britaniya parlamenti o‘z ishini qaytadan boshladi. Bu haqda Sky News telekanali xabar berdi.

Avvalroq Buyuk Britaniya Oliy sudi bosh vazir Boris Jonsonning parlament ishini 14 oktyabrgacha to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorini noqonuniy deb topgandi. 

Oliy sud qarorida ta'kidlanishicha, Britaniya parlamentariylari darhol yig‘ilish huquqiga ega.

Aksariyat parlamentchilar Jonsonni mamlakatni 31 oktyabrda YeIdan kelishuvsiz olib chiqishga urinishda hamda parlament ishini to‘xtatib qo‘yish uchun qirolichaning roziligi olish maqsadida yolg‘on axborot berishda ayblagandi.

Britaniyadagi muxolif leyboristlar partiyasi yetakchisi Jyeremi Korbin Oliy sud parlament ishi to‘xtatilishini noqonuniy deb topganidan so‘ng bosh vazir Boris Jonsonni iste'foga chiqishga chaqirdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid