Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina va «LXR» o‘z qo‘shinlarini chegaradan uzoqlashtirishni boshladi
"Normand formati"dagi uchrashuvga qadar kelishilgan hududlardan qo‘shinlar olib ketiladi. Zolotoyedan qo‘shinlarni olib chiqib ketish bugundan boshlandi", - dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri Vadim Pristayko.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Vadim Pristayko Zolotoye posyolkasidan qo‘shinlar olib chiqib ketilishi boshlanganini e'lon qildi. “LXR” tomoni ham qo‘shinlar olib ketilishiga tayyor ekanligini bildirdi. Bu ma'lumotni Ukraina qo‘mondonligi tasdiqladi.
"Normand formati"dagi uchrashuvga qadar kelishilgan hududlardan qo‘shinlar olib ketiladi. Zolotoyedan qo‘shinlarni olib chiqib ketish bugundan boshlandi", - dedi Pristayko.
Zolotoye – Ukrainaning Lugansk oblastidagi posyolka bo‘lib, front chizig‘ida joylashgan. Minsk muloqot guruhi 1 oktyabrda bu yerdan qo‘shinlarni olib chiqib ketishga kelishib olgandi.
Pristaykoning so‘zlariga ko‘ra, Zolotoyedan qo‘shinlar olib chiqib ketilganidan va yetti kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimidan so‘ng Petrovskiyda ham qo‘shinlarni olib chiqib ketish jarayoni boshlanadi.
Mavzuga oid
14:46 / 18.06.2026
Moskva yana zarba ostida. Ukraina mingga yaqin dron uchirgan
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
22:31 / 16.06.2026