O‘zbekiston | 23:10 / 31.10.2019
9015
2 daqiqa o‘qiladi

Buloqboshida Andijon viloyati ta'lim xodimlarining anjumani o‘tkazildi

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidagi 27-umumiy o‘rta ta'lim maktabida «Ta'limda islohot va o‘zgarishlarni o‘zimizdan boshlaylik» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda barcha tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limi mudirlari, DTS monitoringi va kichik guruhlari rahbarlari hamda ilg‘or ish tajribasiga ega fan o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Mazkur tadbir qatnashchilari tuman metodik xizmat bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va mahoratli o‘qituvchilarning ommalashtirish uchun tavsiya etilgan taqdimotlari hamda hujjatlari bilan tanishdilar. Maktab o‘qituvchilari tomonidan ona tili, adabiyot, rus tili, matematika, xorijiy tillar, boshlang‘ich ta'lim fanlaridan namunali ochiq darslar tashkil etildi.

Anjuman davomida «Besh muhim tashabbus» loyihasi bo‘yicha 27-maktab o‘quvchilari o‘z iste'dodlarini namoyish qilishdi.

Seminar yakunida Andijon viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Furqatbek Buzrukov tomonidan barcha rahbar hamda mas'ul xodimlarga ta'lim sifatini oshirish, 11-sinf bitiruvchilarining oliy ta'lim muassasalariga kirishi bo‘yicha bajariladigan ishlarni rejalashtirish hamda tizimli ish tashkil qilish, o‘quvchilar bilimini baholash xalqaro tadqiqotlariga tayyorlash bo‘yicha vazifalar yuzasidan topshiriqlar berdi.

 

Sarvarbek Nazarov

Mavzuga oid