Jahon | 18:32 / 01.11.2019
3444
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiyadagi o‘q-dori ishlab chiqarish zavodida portlash yuz berdi

Foto: Flickr / Daniel Juřena

Tsexlardan birida porox yonishi oqibatida portlash yuz bergan.

Chexiyaning Pardubitsa shahridagi Explosia o‘q-dori ishlab chiqarish zavodida portlash sodir bo‘lishi natijasida 4 kishi jarohatlandi. Bu haqda zavod vakili Martin Vensl ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sexlardan birida porox yonishi oqibatida portlash yuz bergan.

"To‘rt kishi jarohat oldi, bir kishining ahvoli og‘ir", - dedi Vensl.

Venslning ma'lumot berishicha, portlash sodir bo‘lgan vaqtda zavodda 500ga yaqin kishi bo‘lgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid