Jahon | 18:40 / 09.12.2019
5898
2 daqiqa o‘qiladi

Belarus NATO bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha muzokara boshladi

Belarus NATO bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishga tayyor va mashg‘ulotlarning ehtimoliy shakli bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.

"Ammo bir shartni NATO tushunishi lozim: bizning strategik ittifoqchimiz - Rossiya", - dedi Belarus mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – mamlakat qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Oleg Belokonev.  

Noyabr oxirlarida Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey Minsk NATOning harakatlariga mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy tahdid deb qaramasligini, ammo o‘z harbiy siyosati va harbiy-siyosiy strategiyasini rejalashtirishda buni hisobga olishini aytgandi.

NATO 2020 yil aprel-may oylarida Defender Europe 2020 ("Yevropa himoyachisi 2020") mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Harbiy mashg‘ulotlarda AQSh va boshqa davlatlarning 40 mingga yaqin harbiylari ishtirok etadi va Yevropaning 10 mamlakati hududida bo‘lib o‘tadi. Mashg‘ulotlarda 18 davlat vakillari qatnashadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid