Jahon | 21:09 / 18.01.2020
8530
1 daqiqa o‘qiladi

Sharm-ash-Shayxda plastik paket va idishlardan foydalanish taqiqlandi

2020 yildan boshlab Misrning ikkita kurortida plastik paket va idishlardan foydalanish taqiqlandi.

Endilikda Sharm-ash-Shayxda restoran, do‘kon, dorixona va bozorlarda xaridorlarga plastik paket va idishlar taklif qilinmaydi. Ekskursiya vaqtida turistlarga xizmat ko‘rsatishda bunday mahsulotlardan foydalanish mumkin emas. Faqatgina qurilish chiqindilarini yig‘ishtirishda plastik paketlardan foydalanishga ruxsat berilgan.

Avvalroq Misrning Dahab kurortida ham xuddi ana shunday tartib joriy etilgandi.

Ammo 2019 yil yozida shunday taqiq joriy etilgan Xurgadada yana plastik paketlardan foydalanish boshlandi.

Ekspertlarning aytishlaricha, mahalliy hokimiyatda homiylar mablag‘i evaziga sotib olingan qog‘oz paketlar zaxirasi tugab qolgan. Mazkur "biopaketlar" ko‘rgazmali ekologik aksiyalar chog‘ida do‘kon va bozorlarda bepul tarqatilgandi. Shaharda yanvardan boshlab do‘konlarni tekshirish bekor qilindi va plastik paketdan foydalanganlik uchun jarima olinmay qo‘yildi.

Mavzuga oid