Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maykl Pompeo fevral oyi boshida Toshkentga keladi
AQSh Davlat departamenti rahbari Maykl Pompeo 2−3 fevral kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. U Toshkentda prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi, shuningdek Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi uchrashuvda qatnashadi.
AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo yanvar oyi oxirida Yevropa va Markaziy Osiyoga turne uyushtiradi. AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u 29 yanvar kuni tashrifini Buyuk Britaniya poytaxti Londondan boshlaydi, 31 yanvar kuni Ukrainaga keladi, 1 fevral kuni Belarusda bo‘ladi. Shundan so‘ng u avval Qozog‘istonga, keyin O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Toshkentda Maykl Pompeo prezident Shavkat Mirziyoyev va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashadi.
Shuningdek, u O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi «Markaziy Osiyo — AQSh» formatidagi vazirlar uchrashuvida («C5 + 1») qatnashadi.
«Maykl Pompeo AQShning Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyasiga muvofiq mintaqa davlatlarini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlaydi», deyiladi Davlat departamenti xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Pompeo Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘ylab turnesi doirasida 5-6 yanvar kunlarida Toshkentga tashrif buyurishni rejalashtirgandi, ammo Yaqin Sharqda Eron bilan yuz bergan mojarolar tufayli bu tashrif noma'lum muddatga qoldirilgandi.
Mavzuga oid
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30 / 10.06.2026
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15 / 10.06.2026