«Özaro kelişuvga binoan, 2020 yil 5—6 yanvar kunlariga rejalaştirilgan AQŞ davlat kotibi Maykl Pompeo boşçiligidagi delegatsiyaning Özbekistonga rasmiy taşrifi va Toşkent şahridagi «Markaziy Osiyo—AQŞ» (C5+1) formatidagi vazirlar uçraşuvi boşqa sanaga qoldirildi.

Aniq sanalar diplomatik kanallar orqali kelişiladi», — deyiladi Özbekiston TIV xabarida.

Biroz avvalroq Pompeo Fox News uçun bergan intervyusida Iroqdagi voqealar tufayli rejalariga özgartirişlar kiritişi mumkinligini istisno qilmagandi.

«Umid qilamanki, men baribir bu rejalarni bajaraman. Ukrainaga, keyin Markaziy Osiyoga boraman, u yerdan Kiprga qaytaman.

Ammo men Davlat departamenti xodimlari, Yaqin Şarqdagi amerikaliklar xavfsizligini ta'minlaş uçun qayerda bölişim kerak bölsa öşa yerda bölaman. Buning uçun safarimni özgartirişga yoki keçiktirişga töğri kelsa bu işni qilaman», degan Pompeo.

Bağdodda namoyişçilar AQŞ elçixonasini qamal qilişdi

30 dekabr kuni AQŞ harbiylari Iroqda eronparast şialarning pozitsiyalarini öqqa tutgan, bunga javoban 31 dekabr kuni Bağdodda namoyişçilar AQŞ elçixonasiga hujum qilgandi.

AQŞ Davlat departamenti rahbari Maykl Pompeo 29 dekabr kuni tvitterida yanvarning ilk dekadasida Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyoga turne uyuştirişi, 3 yanvar kuni Ukrainadan boşlanadigan safar 7 yanvar kuni Kiprda yakunlanişi haqida xabar bergandi. Safar doirasida u 5-6 yanvar kunlari Toşkentga kelişi, prezident Şavkat Mirziyoyevning qabulida bölişi, şuningdek, Özbekiston Taşqi işlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar ötkazişi közda tutilgan edi.