Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyadan o‘z qo‘shinlarini hali-beri olib chiqib ketmasligini bildirdi
Qo‘shma Shtatlar yaqin istiqbolda Suriyadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketmoqchi emas.
Bu haqda AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Jyeyms Jyeffri ma'lum qildi.
"Biz yaqin istiqbolda Suriyadan AQSh qo‘shinlarini olib chiqib ketishni rejalashtirayotganimiz yo‘q", - dedi u.
Jyeffrining ta'kidlashicha, Suriyada Amerika qo‘shinlarining bo‘lishi terrorizmga qarshi kurash bilan izohlanadi.
"Ularning vazifasi IShIDni butkul yakson qilish hisoblanadi va bunga yana qanchadir vaqt kerak", - dedi Jyeffri.
"Sa'y-harakatlarimizning asosiy qismi IShIDni neft maydonlariga yaqin yo‘latmaslik hamda biz bilan hamkorlikda IShIDga qarshi kurashayotgan mahalliy jamoatning kurashni davom ettirishda resurslarga ega bo‘lishi va o‘zini o‘zi ta'minlay olishini kafolatlashdir, chunki ular nafaqat IShID, balki Asad rejimi bosimi ostida qolishgan", - deb qo‘shib qo‘ydi u.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026