Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlar Mahkamasi atom energiyasiga aloqador yangi qaror qabul qiladi
Atom energiyasidan foydalanish obektlarida qo‘llaniladigan mahsulotlarning muvofiqligini baholash ishlarini tashkil etish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “Atom energiyasidan foydalanish obektlarida qo‘llaniladigan mahsulotlarning muvofiqligini baholash ishlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Belgilab qo‘yilishicha, 2020 yil 1 oktyabrdan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 apreldagi 349-son qarori bilan tasdiqlangan Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan atom energiyasidan foydalanish obektlarida qo‘llaniladigan mahsulotlarni sertifikatlash uchun akkreditatsiyadan o‘tuvchi sertifikatlashtirish organlari xodimlari, majburiy tartibda, ularning kompetentligini tasdiqlovchi va ayni paytda atom energiyasidan foydalanish obektlarida qo‘llaniluvchi buyumlar, uskunalar va texnik qurilmalarni sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirishga ruxsat beruvchi sertifikatlashdan o‘tishlari va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.
“O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi” davlat unitar korxonasi atom energiyasidan foydalanish obektlarini qo‘llaniladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralarini akkreditatsiya qilishda, mazkur band talabiga qat'iy amal qiladi.
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi 2020 yil 1 sentyabrga qadar:
Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi va “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda chet el tajribasini o‘rganish natijalari asosida, atom energiyasidan foydalanish obektlarida qo‘llaniluvchi buyumlar, uskunalar va texnik qurilmalarni sertifikatlashtirish organlari xodimlari kompetentligiga talab o‘rnatuvchi davlat standartini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
xodimlarni sertifikatlashtirish organi tashkil etadi va belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tishini ta'minlaydi;
atom energiyasidan foydalanish obektlarida qo‘llaniladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi mutaxassislarini sertifikatlash faoliyatini tashkil etadi.
Fanlar akademiyasi 2020 yil 1 oktyabrga qadar Yadro fizikasi Instituti qoshida atom energiyasidan foydalanish obektlarida qo‘llaniluvchi buyumlar, uskunalar va texnik qurilmalarni sertifikatlashtirish organini tashkil etish va uni belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:10 / 19.03.2026
Radioaktiv materiallarni tashishda xavfsizlik talablari ishlab chiqildi
08:11 / 18.03.2026