Bekobod tumanida ham hokim o‘zgardi
Bekobod tumani hokimi Ne'mat Abdullayev o‘z vazifasidan ozod etildi.

Bugun, 18 fevral kuni Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rilgan va tuman hokimi Ne'mat Ozodovich Abdullayev lavozimidan ozod etilgan.
Viloyat hokimi Rustam Xolmatov Bekobod tumanini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning eng muhim jihatlariga to‘xtalgan, xususan, eksport, investitsiya, yoshlar bilan ishlash, ularni ish bilan ta'minlash kabi ustuvor masalalarda Bekobod tumani viloyatda eng oxirgi o‘rinlarda borayotganini tanqid qilgan.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, Bekobod tumani hokimi vazifasiga Furqat Abdusalomovich Xudoyberdiyev nomzodi tavsiya etilgan, muhokamalardan so‘ng u Bekobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangan.

Furqat Xudoyberdiyev 1979 yili Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. U 2000 yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2012 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Furqat Xudoyberdiyev Toshkent viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan.
Tumanning sobiq hokimi Ne'mat Abdullayev 2018 yilning sentyabrida davozimga tayinlangandi.
Bundan avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida ham hokim o‘zgargani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
Sport | 09:54
-
2030 yilgacha davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishga moratoriy joriy qilindi
O‘zbekiston | 09:49
-
Tramp Xitoy tovarlariga boj to‘lovlarini pasaytirishini e’lon qildi
Jahon | 09:05
-
2024 yilda ijobiy hal qilingan sug‘urta hodisalarining chorak qismi GROSS ulushiga to‘g‘ri kelgan
O‘zbekiston | 09:00
Mavzuga oid

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

15:49 / 01.04.2025