Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seuldan Toshkentga uchadigan aviareyslar jadvali e'lon qilindi
O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi 2020 yil mart oyida Seuldan Toshkentga uchadigan aviareyslar jadvalini e'lon qildi
Tashqi ishlar vazirligi Koreya Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga maxsus ma'lumot bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi o‘z veb-saytida 2020 yil mart oyida Seuldan Toshkentga uchadigan aviareyslar jadvalini e'lon qildi:
2020 yil 8 mart kuni – «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi;
2020 yil 15 mart kuni – Koreya Respublikasi aviakompaniyasi;
2020 yil 22 mart kuni – «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi;
2020 yil 29 mart kuni – Koreya Respublikasi aviakompaniyasi.
Bildirilishicha, Toshkentga qaytgach yo‘lovchilar poytaxtdan tashqaridagi maxsus tayyorlangan joyda 14 kun davomida karantinda bo‘ladilar. Tegishli tekshiruvdan o‘tganidan keyin yashash joyiga qaytish uchun ruxsat beriladi.
Aviachiptalar harid qilish masalalari bo‘yicha +82 2 754-1041 (KORUZBEK AGENCY) telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.
«Elchixona O‘zbekiston fuqarolariga sarosimaga tushmasdan, vatanga qaytishning maqsadga muvofiqligini yana bir bor jiddiy o‘ylab ko‘rishni tavsiya qiladi. Chunki Koreya Respublikasi Hukumati tibbiyot sohasida ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda va kasallik aniqlangan taqdirda chet el fuqarolariga bepul malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini kafolatlaydi.
Shu munosabat bilan Janubiy Koreya rasmiy idoralarining virus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha talablariga qat'iy amal qilish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, ijtimoiy tadbirlarda qatnashmaslik, gavjum joylarga tashrif buyurmaslik va barcha ehtiyot choralarini ko‘rish zarur», - deyiladi TIV ma'lumotida.
Avvalroq, Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklarning vizalari avtomatik tarzda 2020 yil 30 aprelga qadar uzaytirilgandi.
1 martdan boshlab O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan havo qatnoviga cheklovlar kiritdi. Endilikda reyslar soni haftasiga bittaga qisqartirilgan. Janubiy Koreyadan kelganlar 14 kun davomida karantinga olinadi. Shundan so‘ng, ushbu mamlakatdagi o‘zbekistonliklar vizasi muddati tugagani tufayli O‘zbekistonga qaytishga majbur bo‘lib qolayotgani, lekin aviareyslar bekor qilingani tufayli ilojsiz ahvolda qolayotgani to‘g‘risida murojaat qilishgandi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026