Özbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elçixonasi mamlakat fuqarolariga murojaat qildi.

«Hurmatli fuqarolar, Koreya Respublikasida koronavirusning tarqalişi tez sur'atlarda oşib borayotgani sababli mamlakat Adliya vazirligi tomonidan (ID card asosida) xorijiy şaxs sifatida röyxatdan ötib qonuniy yurgan şaxslarning vizalari avtomatik tarzda 2020 yil 30 aprelga qadar uzaytirganini ma'lum qilamiz.

Buning uçun xorijiy şaxslarning migratsiya xizmati idoralariga borişlari talab etilmaydi.

Bu tartib Koreya Respublikasi xududida 2020 yilning 24 fevraliga qadar qonuniy tarzda bölgan xorijiy şaxslarga nisbatan qöllanadi.

Şu bois, uşbu holat Sizning Koreyani tark etişingizga zarurat tuğdirmasligini ma'lum qilamiz», deyiladi elçixona xabarida.

Elçixona uşbu mamlakatda bölib turgan Özbekiston fuqarolarini xotirjam bölişga va «Özbekistonga qaytişga qaratilgan provokatsion çaqiriqlarga berilmaslikka» ham çaqirgan. Diplomatik vakolatxona Koreya Respublikasi hukumati koronavirus aniqlangan taqdirda xorijiy fuqarolarga bepul malakali tibbiy yordam körsatilişini kafolatlaganini eslatib ötdi.

«Koreya Respublikasi hukumati tomonidan koronavirusga qarşi kuraşiş va uning tarqalişini oldini oliş böyiça tibbiyot sohasidagi eng zamonaviy texnologiyalar va tezkor diagnostika uslublarini qöllanilgan holda qöşimça çora-tadbirlar tadbiq etilmoqda», deyiladi xabarda.

Koronavirus infeksiyasining oldini oliş uçun Özbekistonning Seuldagi elçixonasi quyidagilarni tavsiya qildi:

  • jamoat joylariga çiqmaslik;
  • nafas oliş organlarida kasallik belgilari mavjud bölgan odamlar bilan muloqot qilmaslik;
  • maxsus gigiyenik niqoblardan foydalaniş;
  • faqat issiq va yaxşi pişirilgan taomlar iste'mol qiliş;
  • ovqatlanişdan oldin qöllarni yaxşilab yuviş;
  • antiseptik mahsulotlardan foydalaniş;
  • hayvonlar oldiga yaqinlaşişdan saqlaniş;
  • agar isitmangiz kötarilib, respirator kasallik alomatlarini sezsangiz, darhol 1339 telefon raqamiga könğiroq qiling.

Eslatib ötamiz, 1 martdan boşlab Özbekiston Janubiy Koreya bilan havo qatnoviga çeklovlar kiritdi. Endilikda reyslar soni haftasiga bittaga qisqartirilgan. Janubiy Koreyadan kelganlar 14 kun davomida karantinga olinadi. Şundan söng, uşbu mamlakatdagi özbekistonliklar vizasi muddati tugagani tufayli Özbekistonga qaytişga majbur bölib qolayotgani, lekin aviareyslar bekor qilingani tufayli ilojsiz ahvolda qolayotgani töğrisida murojaat qilişgandi.

Sönggi ma'lumotlarga köra, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 89 788 kişini taşkil etdi, 3062 kişi vafot etgan, 44903 kişi soğayib ketgan. Xitoydagi holatlar soni 80 mingdan oşdi, ölim — 2912. Janubiy Koreyada esa 4335 kişi kasallikka çalingan, 26 ölim holati qayd etildi. Italiyada xastalangan soni eng kamida 1694 kişi, vafot etganlar esa 34 kişiga yetdi, Eronda 1501 kişida virus aniqlangan, 66 kişi vafot etgan.