O‘zbekiston | 23:10 / 12.03.2020
28999
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston elchixonasiga nota yo‘lladi

O‘zbekistonning Bishkek shahridagi elchixonasiga Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligining notasi kelib tushdi. 

Foto : Kenesh.kg

Unda 1 martdan boshlab so‘nggi 30 kun ichida COVID-19 koronavirusi bilan kasallanishning o‘sishi va uning tarqalishi kuzatilayotgan davlatlarga borgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslarning davlat chegarisidan o‘tkazish punktlari orqali ushbu mamlakatga kirishlari uchun joriy qilingan vaqtinchalik cheklashlar haqidagi hukumat qarori to‘g‘risida xabar qilinadi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, “noqulay epidemiologik holat” kuzatilayotgan davlatlar ro‘yxati Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va muntazam yangilanib boriladi.

Shu munosabat bilan TIV mamlakatimiz hududi orqali Qirg‘izistonga borishni rejalashtirgan O‘zbekiston va boshqa davlatlarning fuqarolaridan Qirg‘iziston hukumatining yuqorida aytib o‘tilgan qarorini hisobga olishni so‘ragan.

Shuningdek, Qirg‘iziston hududida bo‘lib turgan fuqarolarimizga zarur holatlarda mamlakatimizning Bishkek shahridagi elchixonasiga +996-312-986-296 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.

Avvalroq Qirg‘iziston hukumati mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida ommaviy tadbirlar o‘tkazishni taqiqlashga qaror qilgani xabar qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid