Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada 15 nafar vazir karantinga jo‘natiladi
Bosh vazir Mateush Moravetskiy yig‘ilishda qatnashmaganligi uchun karantindan qutulib qoldi.
Polshada atrof-muhit ishlari bo‘yicha vazirda koronavirus aniqlanganidan so‘ng 15 nafar vazir karantinga jo‘natiladigan bo‘ldi. Bu haqda Yevropadagi OAV xabar bermoqda.
16 mart kuni vazir Mixal Vos o‘zida koronavirus infeksiyasi aniqlangani, ammo o‘zini yaxshi his qilayotganini bildirgandi.
Hukumatning oxirgi yig‘ilishi 10 martda bo‘lib o‘tgan, unda 24 nafar vazirdan 15 nafari, jumladan, Vos ham qatnashgandi. Ushbu yig‘ilishning barcha ishtirokchilari karantinga jo‘natiladigan bo‘ldi.
Bosh vazir Mateush Moravetskiy yig‘ilishda qatnashmaganligi uchun karantindan qutulib qoldi.
Polshada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 177ta holat qayd etilgan, to‘rt kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
08:30 / 22.05.2026
AQSh Polshaga yana 5 ming harbiy jo‘natadi - Tramp
09:03 / 11.05.2026
Orban himoya qilgan sobiq vazir AQShga qochib ketdi
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
18:37 / 21.09.2025