14:14 / 27.03.2020
8880

Olmaliq shahri ham transport vositalari uchun yopildi

Bugun, 27 martdan boshlab Olmaliqqa kirish-chiqish yo‘llari yopilib, shaharda jamoat transporti harakati vaqtinchalik cheklandi.

Olmaliq shahar hokimligi xabariga ko‘ra, 27 martdan e'tibor shahardagi barcha turdagi jamoat transportlari harakati ham vaqtinchalik cheklangan.

«Olmaliq shahriga faqatgina «Olmaliq-Toshkent» yo‘nalishida kirib-chiqish uchun statsionar post tashkil etilib, ushbu post shaharga yagona kirib-chiqish posti hisoblanlanadi.

Statsionar postda avtotransport vositalarining kirib-chiqish mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, korxona, tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning avtotransport vositalari majburiy ravishda dezinfeksiya qilinadi», – deyiladi xabarda.

Shaharga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, huquq-tartibot idoralari, shifokor va hamshiralar, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, bugundan boshlab O‘zbekistonda viloyatlararo transport harakati to‘xtatildi.

  • Avvalroq Toshkent, Namangan, Andijon, Guliston, Qarshi, Navoiy, Buxoro va Samarqand shaharlariga kirish va chiqishda cheklovlar o‘rnatilgan, Surxondaryo viloyati transport vositalari uchun yopilgandi.
  • Koronavirus yuqtirib olgan bemorlar hozirgacha Toshkent shahridan tashqari, Buxoro, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida aniqlangan.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top