Jahon | 01:44 / 29.03.2020
23456
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda koronavirusni eng tez aniqlaydigan test ishlab chiqarildi

Yangi koronavirus bor-yo‘qligini aniqlaydigan ushbu test ijobiy natijani 5, salbiy natijani esa 13 daqiqa ichida ko‘rsatib beradi.

Foto: Abbott Laboratories

AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va dorilar sifatini sanitar nazorat qilish boshqarmasi (FDA) koronavirus infeksiyasini tez fursatlarda aniqlab beruvchi testni ma'qulladi. Bu haqda testni ishlab chiqargan Abbott Laboratories kompaniyasi ma'lum qildi.

Kompaniya xabarida aytilishicha, yangi koronavirus bor-yo‘qligini aniqlaydigan ushbu test ijobiy natijani 5, salbiy natijani esa 13 daqiqa ichida ko‘rsatib beradi.

Yaqin vaqt ichida Amerika sog‘liqni saqlash tizimiga kuniga 50 ming dona test yetkazib berish uchun ishlab chiqarishni oshirish rejalashtirilgan.

Jons Xopkins universitetining ma'lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 607 ming kishidan oshib ketgan, 28 ming kishi vafot etgan, 132,7 mingdan ortiq kishi tuzalgan.

Mavzuga oid