Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada savdo nuqtalarining qariyb 40 foizi vaqtinchalik yopildi
Oshxonalarning 65 foizga yaqini va qahvaxona hamda restoranlarning 42 foizi ishlamayapti. Ayrimlari uyga taom yetkazib berish orqali faoliyatini davom ettirmoqda.
Rossiyada savdo nuqtalarining 37 foizi ish faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatdi, deb xabar berdi «Evotor» IT-kompaniyasi. Kompaniya savdo nuqtalarining 30 mart holatiga faolligini tahlil qildi va ularning fevraldagi faolligi bilan taqqosladi.
Ma'lum qilinishicha, nooziq-ovqat do‘konlari orasida eng ko‘p jabr ko‘rganlari kiyim do‘konlari bo‘ldi: bu do‘konlarning 85 foizi ishlashni to‘xtatgan.
Gul do‘konlarining 78, elektronika do‘konlarining 75 foizi yopilgan.
71 foiz fitnes-markazlar va 65 foiz mehmonxonalar faoliyatini to‘xtatgan.
Oshxonalarning 65 foizga yaqini va qahvaxona hamda restoranlarning 42 foizi ishlamayapti. Ayrimlari uyga taom yetkazib berish orqali faoliyatini davom ettirmoqda.
Super va minimarket, novvoyxona va zoodo‘konlarning 25 foizga yaqini vaqtinchalik yopilgan. Ular ishlashda davom etishi mumkin edi, ammo xaridorlar oqimining kamaygani, xodimlarning kasalligi yoki mahsulot yetkazib berishdagi qiyinchiliklar sababli ishlashni to‘xtatgan, deb taxmin qilmoqda «Evotor».
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026