Jahon | 21:55 / 01.04.2020
13637
1 daqiqa o‘qiladi

Putin hukumatga favqulodda vaziyat rejimini kiritish vakolatini berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga favqulodda vaziyat rejimini kiritish vakolatini beruvchi qonunni imzoladi.

Foto: TASS

Hujjatga ko‘ra, hukumat yagona ogohlantirish tizimi va favqulodda vaziyatni bartaraf etish ishlarini muvofiqlashtirishi mumkin.

Shuningdek, vazirlar mahkamasi tibbiy ashyolar savdosini cheklash, harbiy holatlar, favqulodda vaziyatlar sharoitida foydalanish, atrofdagilarga xavf tug‘diruvchi kasalliklarni profilaktika qilish va davolash uchun  mo‘ljallangan dorilar va tibbiyot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda muomalaga kiritilishining alohida tartibini kiritish huquqiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, vazirlar mahkamasiga bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga moratoriy kiritish imkoni beriladi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalingan 2777 nafar bemor aniqlangan, 24 kishi vafot etdi, 190 kishi tuzaldi. 

Mavzuga oid