O‘zbekiston | 23:28 / 11.04.2020
19325
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston prezidenti belarus xalqiga do‘stona yordam yubordi

11 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning belarus xalqiga do‘stona yordami yuborildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

«Davlatimiz rahbarining yordami do‘st belarus xalqiga bugun butun dunyoni qamrab olgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda ko‘mak beradi», – deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan shakllantirilgan yuk tarkibiga tibbiy niqoblar va qo‘lqoplar, himoya kombinezonlari, antiseptiklar va koronavirusga qarshi kurashishda zarur bo‘lgan boshqa tibbiy vositalar kiritilgan.

Do‘stona yordam O‘zbekiston Mudofaa vazirligi samolyotida Minskka yetkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Xitoy, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘onistonga ham insonparvarlik yordami yuborilgan edi.

Mavzuga oid