Gumanitar kömak «Özbekiston xalqidan Qirğiziston xalqiga insonparvarlik yordami» şiori ostida taşkil etildi, deb xabar bermoqda ÖzA.
Andijon viloyati Qörğontepa tumanidagi temiryöl stansiyasidan ming tonna un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, koronavirus tarqalişining oldini olişda foydalaniladigan bir martalik boş kiyimli himoya kombinzoni, respirator, qölqop, himoya közoynagi, pirometr hamda test-sistemalar ortilgan poyezd qöşni respublikaga jönatildi.



Insonparvarlik yordami ortilgan maxsus eşelon Qirğizistonning Öş şahriga yöl olgan.
Bu boradagi işlar Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, «Özbekiston temir yöllari» AJ, «Özdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufidagi «Qörğontepa don mahsulotlari» AJ hamda Özbekistondagi farmatsevtika korxonalari hamkorligida taşkil etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Boş vaziri Abdulla Aripov topşiriği bilan Qirğizistonga ekspress-testlar va individual himoya vositalari taqdim etilgan edi.













