Jahon | 14:46 / 20.04.2020
6226
1 daqiqa o‘qiladi

Merkel Germaniyadagi cheklov choralarini yumshatish taklifini tanqid qildi

Kansler 30 aprelda federal yerlar bosh vazirlari bilan koronavirus bilan bog‘liq vaziyat va kelgusidagi harakatlarni muhokama qilishini aytdi.

Foto: REUTERS

Germaniya kansleri  Angela Merkel mamlakatda koronavirus tarqalishi sababli joriy etilgan cheklov choralarini yumshatish zarurligi borasidagi munozaralarni tanqid ostiga oldi. Bu haqda DPA agentligi xabar bermoqda.

Merkel Germaniyadagi epidemiyaga qarshi kurashdagi ijobiy o‘sish aholining cheklovlarni yumshatish borasidagi hukumat fikrini noto‘g‘ri tushunishiga va natijada kasallik yuqtirish holatlari o‘sib ketishiga olib kelishi mumkinligidan xavotir bildirdi. 

Uning fikricha, "choralarni yumshatish borasidagi munozaralar hech qanday samara bermaydi ". Kansler 30 aprelda federal yerlar bosh vazirlari bilan koronavirus bilan bog‘liq vaziyat va kelgusidagi harakatlarni muhokama qilishini aytdi.

U shuningdek, savdo markazlari va hayvonot bog‘larini ochishga qaror qilgan Reynland-Pfals hukumatini tanqid qildi.

Robert Kox nomidagi virusologiya instituti bergan ma'lumotga ko‘ra, Germaniyada 141 672 kishi koronavirusga chalingan, 4 404 kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid