Jahon | 15:45 / 22.04.2020
8752
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada koronavirusga qarshi vaksina 200 nafar ko‘ngillida sinab ko‘rilmoqda

Klinik tadqiqotlarning birinchi bosqichida 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan 200 nafar sog‘lom insonlarning har biri vaksinaning bir nechta modifikatsiyalashgan variantlari bilan emlanadi.

Foto: REUTERS / Andreas Gebert

Germaniyada koronavirusga qarshi  vaksinaning klinik tadqiqotlari birinchi bosqichida 200 nafar sog‘lom ko‘ngillilar ishtirok etmoqda. Bu haqda Paul Erlix nomidagi vaksina va biotibbiy dorilar instituti ma'lum qildi.

Institut avvalroq BioNTech biomuhandislik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan vaksinaning klinik tadqiqotlari boshlanishi haqida xabar bergandi.

"Klinik tadqiqotlarning birinchi bosqichida 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan 200 nafar sog‘lom insonlarning har biri vaksinaning bir nechta modifikatsiyalashgan variantlari bilan emlanadi. Bir oz vaqtdan so‘ng klinik tadqiqotlarning ikkinchi qismi boshlanadi", - deyiladi xabarda.

Avvalroq Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok Oksfordda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksina 23 apreldan odamlarda sinab ko‘rilishi boshlanishi haqida ma'lum qilgandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid