Jahon | 00:57 / 22.04.2020
4220
1 daqiqa o‘qiladi

Jastin Tryudo Kanada JSSTga pul ajratishni ko‘paytirishini ma'lum qildi

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo mamlakat Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirish hajmini oshirishini e'lon qildi.

Foto: David Kawai/Bloomberg

"Biz bu pandemiyaga qarshi kurashish maqsadida JSSTga to‘laydigan badalimizni oshiramiz. Biz ularga yiliga o‘n millionlab dollar miqdorida mablag‘ taqdim etamiz. Shu bilan birga, bu hech qachon qaytadan yuz bermasligi uchun uning qanday paydo bo‘lganini bilishimiz muhim", - dedi u.

Bundan tashqari, Tryudo mamlakat hukumati koronavirusga qarshi kurashayotgan xayriya va notijorat tashkilotlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun 246 million dollarlik aholini favqulodda qo‘llab-quvvatlash fondini tashkil etayotganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington JSST budjetiga badallar to‘lashni to‘xtatayotganini ma'lum qilgandi.

AQSh prezidentining bu qarori dunyoning bir qator siyosiy arboblari hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan tanqid ostiga olindi.  
 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid