«Dunyo ahli koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşda qanday qilib oldinga siljişni öylayotgan bir vaqtda prezident Tramp qöşimça zarba berdi», deb yozmoqda The New York Times. 

Mazkur naşr dunyo yetakçilari ham Trampning bu qarorini qoralaganiga e'tibor qaratgan.

Jumladan, BMT boş kotibi Antonio Guterreşning ogohlantirişiça, JSST bugun inqirozning oldingi qatorida turibdi. Ayni şunday vaziyatda moliyaviy yordamni töxtatişning vaqti emas edi. «Fikrimça, pandemiyani yengiş uçun JSSTning qöllab-quvvatlanişi hozir juda muhimdir», degan u.

AQŞ JSSTga yiliga 400 mln dollardan ziyod hissa qöşadigan eng yirik donor hisoblanardi.

Germaniya taşqi işlar vaziri Hayko Maas ham Donald Trampga nisbatan tanqidiy fikrlarini oçiq xat orqali ma'lum qilgan.

Xitoy taşqi işlar vaziri ham AQŞni JSST oldidagi majburiyatni bajarişga çaqirgan.

Afrika Ittifoqi raisi Muso Muhammad esa holatga öz munosabatini ikkita söz bilan ifoda etgan: «Çuqur taassuf!»

«Virus tarqalişiga qarşi sekin va samarasiz çora körgani uçun tanqidga uçragan janob Tramp JSSTni ayblaşga ötdi», deb yozmoqda OAV.