Jahon | 17:11 / 19.05.2020
5780
2 daqiqa o‘qiladi

Polshada avgust oyiga borib prezidensiz qolish ehtimolidan xavotirlanishmoqda

Polshada 10 mayda navbatdagi prezident saylovi bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo pandemiya va hukmron koalitsiya ichidagi hamda muxolifat bilan siyosiy kelishmovchiliklar bo‘lganligi sababli saylov tashkil etilmadi.

Foto: Reuters

Polshada hokimiyatning o‘tish tamoyiliga rioya qilinishi uchun navbatdagi prezident saylovi kechi bilan 28 iyunda o‘tkazilishi lozim, dedi hukumat rahbari devoni boshlig‘i Mixal Dvorchik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 6 avgustdan keyin Polshada prezident bo‘lishi uchun saylov o‘tkazilishining oxirgi muddati 28 iyundir. 

"Saylovning kechroq o‘tkazilishi, agarda birinchi tur haqida gapiradigan bo‘lsak, 6 avgustdan keyin Polshada saylangan prezident bo‘lmasligiga olib keladi", - dedi u.

Polshada 10 mayda navbatdagi prezident saylovi bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo pandemiya va hukmron koalitsiya ichidagi hamda muxolifat bilan siyosiy kelishmovchiliklar bo‘lganligi sababli saylov tashkil etilmadi.

Endilikda Seym spikeri 24 maygacha yangi saylov muddatini belgilashi lozim. Saylov e'lon qilingan kundan boshlab 60 kun ichida istalgan yakshanba kuni o‘tkazilishi mumkin. Saylov iyun yoki iyulda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallanmoqda.

6 iyunda amaldagi prezident Anjyey Dudaning vakolat muddati nihoyasiga yetadi. Agarda birinchi turda nomzodlarning hech biri 50 foizdan ortiq ovoz yig‘a olmasa, ikki haftadan keyin eng ko‘p ovoz to‘plagan ikki nomzod ishtirokida ikkinchi tur bo‘lib o‘tadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid