Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya xorijliklar uchun chegaralarini qisman ochdi
Mutaxassislarning fikricha, Rossiyada kasallikning avj olish nuqtasidan o‘tilgan, hukumat ilgari joriy etilgan choralarni bosqichma-bosqich bekor qilmoqda.
Foto: RIA Novosti
Rossiyaliklar qarindoshlarini ko‘rish, davolanish, o‘qish va ishlash uchun xorijga chiqishlari mumkin. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin ma'lum qildi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, xorij fuqarolari ham Rossiyaga tibbiy maqsadlarda kelishlari mumkin.
Bu borada tegishli farmonlar imzolangan.
Ayni paytda mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 476 658ta holat qayd etilgan, 5971 nafar kishi vafot etgan.
Mutaxassislarning fikricha, Rossiyada kasallikning avj olish nuqtasidan o‘tilgan, hukumat ilgari joriy etilgan choralarni bosqichma-bosqich bekor qilmoqda.
Avvalroq Rossiya O‘zbekiston bilan aviaqatnovni 15 iyuldan tiklashi mumkinligi xabar qilingandi.
Ma'lumot berilishicha, dastlab 15ta mamlakatga parvozlar qayta tiklanishi mumkin. Parvozlar to‘g‘risida qaror davlatlar Rossiyadan aviareyslarni qabul qilishga rozilik berganidan keyin qabul qilinadi, yakuniy qaror esa «Rospotrebnadzor»ga bog‘liq bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:43
Durov Putin 2013 yilda unga Rossiyada emas, balki xorijda biznes yuritishni maslahat berganini aytdi
15:22
Qrim: mobil internet urush tugaguncha bloklanadi
15:17
AP: Rossiya Venesueladan diplomatlar oilalarini evakuatsiya qilishni boshladi
13:49