Jahon | 14:44 / 08.06.2020
4846
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni iyuldan neft narxini oshiradi

Avvalroq neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPeK) va uning hamkorlari neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirishga  kelishib olgandi.

Foto: TASS

Saudiya Arabistoni iyuldan barcha hududlardagi xaridorlar uchun neft narxini oshiradi. Bu haqda Saudi Aramco davlat kompaniyasi ma'lum qildi.

Kompaniyaning eng yirik bozori – Osiyo uchun narxlar sezilarli darajada oshadi – bir barreliga 5,6-7,3 dollardan qo‘shiladi.

Iyuldan Arab Light navidagi neft narxi osiyolik xaridorlar uchun barreliga 6,1 dollardan qo‘shiladi, deb xabar bermoqda Bloomberg.  

Shimoli-G‘arbiy Yevropa davlatlari uchun "yengil" neft 4 dollarga, amerikalik xaridorlar uchun 0,6 dollarga qimmatlaydi.

Avvalroq neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPeK) va uning hamkorlari neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirishga  kelishib olgandi

Sutkasiga 9,7 million barrelga qisqartirish to‘g‘risidagi mavjud shartnoma iyul oxirigacha o‘z kuchida qoladi.

Bugun Londonning ICE birjasida Brent neftining narxi 1,7 foizga oshib, 43,02 dollarga yetdi

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid