Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OPeK+ mamlakatlari neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomani iyul oxirigacha uzaytirdi
Mart oyi boshlarida OPeK ishtirokchilari va uning hamkorlari Venadagi uchrashuvda neft qazib olish hajmini qisqartirishga kelisha olmagandi. Bu esa neftning keyingi 18 yildagi eng past narxga tushib ketishiga olib keldi.
Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPeK) va uning hamkorlari neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirishga kelishib oldi.
Sutkasiga 9,7 million barrelga qisqartirish to‘g‘risidagi mavjud shartnoma iyul oxirigacha o‘z kuchida qoladi, deb ma'lum qildi Birlashgan Arab Amirliklari energetika va sanoat vaziri Suhayl al-Mazruiy o‘zining Twitter sahifasida.
U mazkur kelishuvni "jasurona qaror" va "kelishuvning barcha ishtirokchilari olqishiga sazovor bo‘ladigan jamoaviy harakat" deb atadi hamda Saudiya Arabistoni va Rossiyadagi hamkasblariga alohida minnatdorlik bildirdi.
Mart oyi boshlarida OPeK ishtirokchilari va uning hamkorlari Venadagi uchrashuvda neft qazib olish hajmini qisqartirishga kelisha olmagandi. Bu esa neftning keyingi 18 yildagi eng past narxga tushib ketishiga olib keldi. Uning narxiga COVID-19 pandemiyasi ham ta'sir ko‘rsatdi.
Ammo aprelda OPeK+ mamlakatlari may va iyun oylarida neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha o‘z tarixidagi eng yirik shartnomani imzoladi.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
09:39 / 11.05.2026
Jahonda neft tanqisligi bir milliard barrelga yetdi
19:38 / 28.04.2026
BAA Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPeK va OPeK+) a’zoligidan chiqadi
08:17 / 20.03.2026