Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda tibbiy niqob taqish majburiy etib belgilandi
Mamlakatda oxirgi kunlarda koronavirus yuqtirish va o‘lim holatlari keskin o‘sdi.
Eron hukumati jamoat joylari va muassasalarida tibbiy niqob taqishni majburiy etib belgiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning bayonotida aytilmoqda.
"Ertadan boshlab jamoat joylarida niqobdan foydalanish majburiy etib belgilanadi. Barcha sohalar, ayniqsa, davlat sektorida faqat niqob taqqan holda xizmat ko‘rsatiladi", - deyiladi unda.
Eron prezidenti shuningdek, aholini kasallikka chalinganlik holatini yashirmaslikka chaqirdi.
Mamlakatda oxirgi kunlarda koronavirus yuqtirish va o‘lim holatlari keskin o‘sdi.
Eronda pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 237 mingdan ortiq holat aniqlangan, 11,4 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026