Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST Vetnamda koronavirusning yanada xavfli turi paydo bo‘lganini rad etdi
Vetnamning Danang shahrida avj olgan koronavirus boshqa mamlakatlardagi viruslarga o‘xshash. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Vetnamdagi vakili Kidun Park ma'lum qildi.
Danangda qayd etilgan SARS-CoV-2 virusi o‘ta yuqumli ekanligi haqidagi xabarlarni izohlar ekan, u xavotirlanishga asos yo‘qligini aytdi.
«Virusning yuqumliligi va u keltirib chiqargan kasallikning og‘irlik darajasi o‘zgarmagan», — dedi Park.
27 iyul kuni Vetnam sog‘liqni saqlash vaziri Nguyen Txan Long Danangda yuqori darajada yuqumli bo‘lgan virus aniqlanganini ma'lum qilgandi. Shahar o‘sha kuniyoq karantin uchun yopilgan.
Vetnam sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 446 kishi COVID-19ga chalingan.
Mavzuga oid
09:34 / 05.08.2024
Viyetnam prezidenti To Lam Kompartiya Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi etib saylandi
11:54 / 26.08.2023
AQShning «manglayidagi qora dog‘» – amerikaliklar Vetnamdagi qishloq aholisini nega qatliom qilgandi?
18:30 / 23.05.2023
«General asirni o‘ldirdi, men fotoapparatim bilan generalni o‘ldirdim» – Vetnam urushining shafqatsizliklari tasvirlangan surat tarixi
11:11 / 23.03.2023