Jahon | 14:12 / 27.07.2020
2957
2 daqiqa o‘qiladi

Vetnamdagi shaharda koronavirus aniqlangani sababli 80 ming turist shahardan olib chiqib ketiladi

 Mamlakatda apreldan buyon COVID-19ga chalinganlar qayd etilmayotgandi.

Foto: Flickr / Ian Fuller

Vetnamda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq to‘rtta yangi holat aniqlanganligi sababli Danang shahri ikki haftaga yopiladi, u yerdagi 80 ming turist zudlik bilan olib chiqib ketiladi. Bu haqda VVS News xabar bermoqda.

 Mamlakatda apreldan buyon COVID-19ga chalinganlar qayd etilmayotgandi. Vetnam bahorda tezkorlik bilan chegaralarni yopgan, bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarni aniqlash va karantin joriy etish hisobiga epidemiyani jilovlay olgandi. Butun mamlakat bo‘yicha 420ta holat qayd etilgan bo‘lib, birorta ham bemor vafot etmagan.

 Vetnam bosh vaziri Nguen Suan Fuk 27 iyul kuni Danangda muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan korxonalar yopilishi va shahar aholisi ijtimoiy masofalanish qoidalariga rioya qilishi to‘g‘risida farmoyish chiqardi. 

 Dastlabki holat 27 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, 57 yoshli erkak gripp simptomlari bilan shikoyat qilgan. U hozirda shifoxonaga yotqizilgan, ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. U qanday qilib COVID-19ga chalingani aniq emas. U bilan muloqotda bo‘lgan yuz kishida kasallik aniqlanmagan.

 Dam olish kunlari yana uchta holat aniqlangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid