Texnologiya | 01:44 / 30.08.2020
8948
1 daqiqa o‘qiladi

Tsukerbergning boyligi bir haftada 10 mlrd dollarga ko‘paydi

Forbes Real-Time reytingiga ko‘ra, Mark Tsukerbergning boyligi 107,8 mlrd dollar deb baholanmoqda.  

Foto: Global Look Press

Facebook bosh direktori Mark Tsukerbergning boyligi o‘tgan hafta davomida 10 mlrd dollarga ko‘paydi, deb yozmoqda Forbes. Tsukerbergning kapitali 100 mlrd dollardan oshdi.

Ushbu haftada Facebook aksiyalari narxi 4 foizga oshdi. Juma kuni bitta aksiya narxi 293,66 dollarni tashkil etdi.

Forbes Real-Time reytingiga ko‘ra, Tsukerbergning boyligi 107,8 mlrd dollar deb baholanmoqda. Louis Vuitton egasi Bernar Arnoni quvib o‘tish uchun Tsukerbergga roppa-rosa 5 mlrd dollar yetmayapti.  

Tesla bosh direktori Ilon Maskning boyligi esa o‘tgan haftada 6,1 mlrd dollarga oshdi.

Qayd etilishicha, ushbu hafta davomida AQSh va Osiyo mamlakatlaridan o‘n nafar milliarderning boyligiga jami 49 mlrd dollar qo‘shilgan. Ularning barchasi kamida 3 mlrd dollarga boyigan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid