Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhiddin Jo‘rayev yangi lavozimga tayinlandi
Qo‘qon shahar IIO FMB boshlig‘i Muhiddin Jo‘rayev Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqdagi ma'lumot Kun.uz manbasi tomonidan tasdiqlandi.
Polkovnik Muhiddin Jo‘rayev 2014-2016 yillarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani IIB boshlig‘i, 2016-2018 yillarda Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘i, 2018-2019 yillarda ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, 2019 yil iyulida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimini egallagan.
U 2019 yilning noyabr oyi oxirlarida prezident qarori bilan ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod qilingandi. 2020 yilning fevralida esa Qo‘qon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Ma'lumot uchun, 2017 yil aprelidan Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari avvalgi o‘rinbosari bo‘lgan Ulug‘bek Botirovich Tursunov shu yilning mayida ishdan olingandi.
Mavzuga oid
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
12:48 / 27.11.2025
Mahmud Istamov adliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
16:33 / 25.11.2025